Eronda AQSh hujumidan himoyalanish uchun 1000 dan ortiq ko‘ngillilar batalyoni tuziladi. Tashkilot shtabi bayonotiga ko‘ra, kampaniya «O‘zini fido qiluvchilar» deb nomlangan.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning har bir fuqarosi ko‘ngilli sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. 15 sentyabrdan so‘ng ular harbiy tayyorgarlik va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kurslarda qatnashishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Eron fuqarolari tomonidan allaqachon 31,5 milliondan ortiq ariza topshirilgan.