Litva NATO qiruvchi samolyotini dron bilan adashtirib, Vilnyus aeroportidagi operasiyalarni 40 daqiqaga to‘xtatdi.
Bu haqda Litva Milliy inqirozlarni boshqarish markazi e’lon qildi.
"Qushlar va dronlar radarda bir xil izlar qoldiradi", deb ta’kidladi markaz.
Qiruvchi samolyot havo maydonini vizual ravishda aniqlaganidan so‘ng, tahdid signali bekor qilindi.