"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar haqida fikr bildirdi.
19 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘zini va "Real" hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchilari sifatida ko‘rsatdi.
"Men va Mbappe hozir dunyoning eng yaxshi futbolchilarimiz. Ammo menimcha, bu yil "Oltin to‘p"ga aynan men munosibman", — dedi Yamal Movistar'ga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda Lamin Yamal "Barselona" bilan La Ligada chempion bo‘ldi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Yakshanba kuni u "Levante"ga qarshi La Liga uchrashuvida dubl qayd etib, "Barselona"ning 4:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.