Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yahudiy fuqarolarni Rosh-a-Shana bayrami bilan tabrikladi.
«Yahudiy fuqarolarimizni Rosh-a-Shana bayrami bilan tabriklayman va ushbu bayram nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda tinchlik va farovonlikka sabab bo‘lishini tilayman», — deyiladi tabriknomada.
Rosh-a-Shana — yahudiylarning Yangi yili bo‘lib, yahudiy taqvimidagi tishrey oyining yangi oyi davrida nishonlanadi. Bu yil bayram 11–13 sentyabr kunlariga to‘g‘ri keldi.