Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda muzliklar shiddat bilan erimoqda

Qirg‘izistonda muzliklar shiddat bilan erimoqda

Asr boshidan beri ularning umumiy maydoni qariyb 17%ga qisqargan. Ayrim muzliklar yiliga 16 metrgacha chekinyapti.

Bu faqat Qirg‘iziston muammosi emas. Mamlakatda qariyb 10 mingta muzlik bor. Ulardan oqadigan suv daryolarni to‘ldiradi, dalalarni sug‘oradi va GESlarni ishlatadi. Tyan-Shan muzliklari Markaziy Osiyoning asosiy suv manbalaridan biri hisoblanadi.

Qirg‘izistondagi muzliklar erishi O‘zbekiston dalalarigacha ta’sir qiladi. Tyan-Shandan tushgan suv daryolar orqali O‘zbekistonga ham keladi. Muzliklar hozir tez eriyotgani — keyinchalik daryolarga tushadigan suv kamayishi degani. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kelajakda sug‘orish suvining qariyb chorak qismi yetishmay qolishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!