Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shko‘pir tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i R.A. 1 000 AQSh dollari evaziga viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.P.ning noturar binosini turar joy toifasiga o‘tkazib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 700 AQSh dollari va 3,6 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.