Bosh prokuratura shtabi tomonidan Sirdaryo viloyatining Xavos tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “A. T. Y.” MCHJga qarashli binoda o‘zboshimchalik bilan yashirin tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 335 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.