Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

Bugun, 2026 yil 24 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudida Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev ustidan sud jarayoni boshlanadi.

U 60 ming AQSh dollari miqdorida pora olishda ham ayblanmoqda.

Dastlab ish Namangan viloyati hududida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan edi. Biroq himoya tomoni sudning xolisligi va adolatli ko‘rilishi ta’minlanishi nuqtai nazaridan hududiylikka raddiya bildirib, ishni boshqa hududga o‘tkazishni so‘ragan. Natijada ish jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumani sudiga o‘tkazildi.

Anvarjon Otaxo‘jayev 2025 yil 2 sentyabr kuni pora olishda gumon qilinib, Namangan shahar hokimligi kanselariya bo‘limi xodimining ko‘rsatmalari asosida hibsga olingan.

Biroq himoya taraf bu holatga jiddiy e’tiroz bildirmoqda. Ularning ta’kidlashicha, amaliyot o‘tkazilgan vaqtda hokim shaharning boshqa qismida xizmat uchrashuvida bo‘lgan.

Ishning eng bahsli nuqtalaridan biri shuki, 60 ming AQSh dollarini berishda ishtirok etgan shaxsga oid holatdir. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur “jabrlanuvchi” Namangan viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda kamida 16 ta jinoyat ishida shu maqomda ishtirok etgan.

Himoya tomoni bu holatni alohida o‘rganmoqda va uning boshqa hududlarda ham shunday amaliyotlarda qatnashgan-qatnashmaganini tekshirmoqda.

Ushbu ish nafaqat muayyan shaxs taqdiri, balki tergov amaliyoti, “jabrlanuvchi” institutidan foydalanish amaliyoti va sud jarayonining haqiqiy xolisligi kabi muhim masalalarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqmoqda.

Eng asosiy savol esa ochiq qolmoqda: bu ishda haqiqat qay darajada to‘liq va xolis aniqlanadi?

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 1234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!