Rossiyaga nisbatan qattiq pozisiyasi bilan tanilgan Estoniya rahbari ham Moskva bilan muloqotni tiklash zarurligini kun tartibiga olib chiqdi. Estoniya prezidenti Alar Karis Yevropani Ukrainadagi mojaro tugashi mumkin bo‘lgan holatga va Rossiya bilan keyingi muloqotga oldindan tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.
Estoniya prezidenti, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha maxsus vakilini tayinlash g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlagan.
Rossiya bilan muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish haqida so‘nggi oylarda boshqa Yevropa rahbarlari ham gapirdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Vladimir Putin bilan aloqalarni qayta tiklash bo‘yicha texnik tayyorgarlik ketayotganini ma’lum qilgan.
Evropadan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp ham Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muloqot olib borayotganini aytdi.