Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin G20 sammitiga boradimi? Vashingtondagi uchrashuv atrofidagi intriga kuchaymoqda

Putin G20 sammitiga boradimi? Vashingtondagi uchrashuv atrofidagi intriga kuchaymoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishi mumkin, ammo bu masala hali ochiqligicha qolmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin shaxsan borishi ham, bormasligi ham mumkin, ammo har qanday holatda Rossiya sammitda “munosib darajada” vakillik qiladi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbarining sammitda ishtirokini “juda foydali” deb baholagandi. Shu bilan birga, u Putinning kelishiga to‘liq ishonmasligini ham tan oldi. Ma’lum qilinishicha, Rossiya G20 a’zosi sifatida barcha darajadagi uchrashuvlarga taklif etiladi. Biroq, kim aynan Moskva nomidan qatnashishi sammit sanasiga yaqin aniqlashadi. Bu vaziyat AQSh va uning Yevropa ittifoqchilari orasida turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, Rossiyani xalqaro maydonda yakkalab qo‘yish siyosatini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan davlatlar uchun bu kutilmagan signal bo‘ldi. Ekspertlar fikricha, Rossiyaning G20 sammitidagi ishtiroki global siyosiy muvozanatga ta’sir qilishi, shuningdek AQSh va Yevropa o‘rtasidagi qarashlar farqini yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Kiritildi: 21:42 27.04.2026. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!