Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Manchester City klubi himoyachisi Abduqodir Husanov aprel oyida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarda ishtirok etish maqsadida yurtimizga kelgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ushbu tashrif davomida Imarat Development tomonidan amalga oshirilayotgan Imarat Hills loyihasidan o‘z ota-onasi uchun qiymati 330 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan hashamatli villani xarid qilgan. Bu haqda kompaniya asoschisi Marat Xayrullayevich o‘zining shaxsiy Instagram sahifasida ochiqladi.

Aytilishicha, futbolchi shaxsan sotuv ofisiga tashrif buyurib, loyiha bilan yaqindan tanishgan va tanlovni aynan Imarat Hills foydasiga qilgan. Abduqodir Husanov bugungi kunda O‘zbekiston futbolida eng yorqin yulduzlardan biri hisoblanadi.

Uning professional faoliyati so‘nggi yillarda keskin o‘sishni namoyon qildi. Jumladan, u Yevropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, Angliyaning grand klublaridan biri — Manchester City safida to‘p surmoqda.

Shuningdek, manbalarga ko‘ra, Husanov 2026 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etishi kutilmoqda. Uning yuqori sport formasi va barqaror o‘yini tufayli u jamoaning asosiy tayanch futbolchilaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Qayd etish joizki, futbolchi yaqinda Manchester City klubida fevral–mart oylarining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!