Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Mateus Nunesning yangi pozisiyadagi harakatlariga yuqori baho berdi. Gvardiolaning fikricha, Nunes o‘ng qanot himoyasida dunyoning eng sara futbolchilari qatoriga qo‘shilmoqda.

«Mateus Nunes dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biriga aylanib bormoqda. Uning himoyadagi o‘yini, chiziqni nazorat qilishi va qanot bo‘ylab oldinga chiqishlari — juda ko‘p ijobiy jihatlarni ko‘rsatyapti», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi ingliz matbuoti.

Ta’kidlash joizki, asli yarim himoyachi bo‘lgan Nunes so‘nggi o‘yinlarda murabbiy tomonidan qanot himoyasiga o‘tkazilgan va ushbu yangi rolda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lmoqda.

Kiritildi: 23:34 27.04.2026. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!