Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Slovakiya Rossiya gazini import qilishni bosqichma-bosqich taqiqlash qaroridan norozi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi Adliya sudiga da’vo kiritdi. Bu haqda mamlakat Adliya vazirligi ma’lum qildi. Tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Yuray Blanar 26 aprel kuni bunday qadam tashlash niyatini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Slovakiya muqobil energiya manbalariga cheklangan kirish imkoniyati sabab Rossiya gazidan voz kechishga tayyor emas. Yevropa Ittifoqi rejasiga ko‘ra, Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazini import qilish 2027 yil 1 yanvargacha, quvur orqali yetkazib berish esa 2027 yil 30 sentyabrgacha bosqichma-bosqich to‘xtatiladi. Ma’lumot uchun, Vengriya ham ushbu tashabbusga qarshi chiqib, 2026 yil boshida Yevropa Ittifoqi Adliya sudiga shunga o‘xshash da’vo bilan murojaat qilgan.

Kiritildi: 21:33 27.04.2026. O'qildi: 411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!