Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Putin Primakovni lavozimidan ozod qildi

Putin Primakovni lavozimidan ozod qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevgeniy Primakovni MDH ishlari, vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha federal agentligi rahbari lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida farmon imzoladi. MDH ishlari, vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha federal agentlikka yangi rahbar etib Igor Chayka tayinlandi, u bundan oldin idora rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Primakov agentlikni 2020 yildan beri boshqarib kelayotgan edi. 2026 yil fevral oyida u «Faxr ordeni» bilan taqdirlangan. Sovet diplomati Yevgeniy Primakovning nabirasi bo‘lgan u, 20 yillik tajribaga ega jurnalist sifatida harbiy mojarolarni yoritgan va Rossiyaning «yumshoq kuch» siyosatining asosiy figuralaridan biri hisoblangan.

Uning rahbarligi davridagi asosiy natija G‘arb davlatlaridagi «Rus uylari» tarmog‘ining keskin qisqarishi bo‘ldi. 2023–2025 yillarda Sloveniya, Slovakiya, Xorvatiya, Shimoliy Makedoniya va Ruminiyadagi vakolatxonalar hukumatlararo kelishuvlar bekor qilinishi va diplomatlar chiqarib yuborilishi sabab faoliyatini to‘xtatdi. Londondagi markaz esa xodimlarga vizalar berilmagani sabab amalda ishlamay qo‘ydi.

2025 yil fevral oyida Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi diplomatik inqiroz fonida Bokudagi «Rus uyi» yopildi. Shu yil oxirida Moldova parlamenti madaniy markazlar bo‘yicha kelishuvni bekor qildi va bu Kishinyovdagi vakolatxona yopilishiga olib keldi.

Buni qoplash maqsadida Primakov Afrika va Osiyoga yo‘nalishni kuchaytirishni ilgari surgan: 2025 yilda Chad, Somali, Syerra-Leone va Markaziy Afrika Respublikasida «Rus uylari» ochish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi, shuningdek Armaniston va Qirg‘izistondagi faoliyat kuchaytirildi.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!