Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron AQShga yangi talab qo‘ydi: blokada bekor qilinsa, harbiy harakatlar to‘xtatiladi

Eron AQShga yangi talab qo‘ydi: blokada bekor qilinsa, harbiy harakatlar to‘xtatiladi

Eron AQSh bilan mojaroni tugatish bo‘yicha yangi tashabbus ilgari surdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron AQShga bosqichma-bosqich kelishuv taklif qilgan. Unga ko‘ra, agar Vashington Eron portlariga qo‘yilgan blokadani bekor qilsa, Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalarga hujumlar to‘xtatiladi. Shu bilan birga, yadroviy muzokaralar keyingi bosqichga qoldirilishi mumkin.

Tashabbusni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi taqdim etgani aytilmoqda. Manbalar bu taklif mojaroni muzlatish va muzokaralarga yo‘l ochish maqsadida berilganini bildirgan.

Hisobotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu taklifni o‘z maslahatchilari bilan muhokama qilgan, ammo hozircha rasmiy javob berilmagan.

Kiritildi: 23:49 27.04.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!