O‘tgan hafta Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Oliy Rahbari Mojtaba Xomanaiydan maktub olgan. RF rahbari bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
«Sizdan buning uchun samimiy minnatdorchiligimni yetkazishingizni va Rossiya, Eron singari, strategik munosabatlarni davom ettirish niyatida ekanligini tasdiqlashingizni so‘rayman», degan Putin.
Biroq ushbu hujjatda nima yozilgani va uning mazmuni bo‘yicha xabarlar deyarli yo‘q. Ayrim manbalar avvalroq Rossiya Eronga razvedka ma’lumotlari yetkazgani haqida xabar bergandi.
Mojtaba Xomanaiy otasi oyatulloh Ali Xomanaiyning vafotidan keyin Oliy Rahbar bo‘ldi. Uning otasi respublikaga qarshi harbiy operasiyaning dastlabki kunlarida Isroil havo hujumida halok bo‘lgan. Tayinlanganidan beri yangi rahbar ommaga ko‘rinmadi. Eron rasmiylari uning hujumda jarohat olganini ma’lum qilishdi.
The New York Times gazetasining yozishicha, Eron Oliy Rahbari yuzida qattiq kuyishlar olgan, bu esa unga gapirishni qiyinlashtiradi. Unga plastik jarrohlik amaliyoti kerak bo‘ladi. Nashr manbalarining ta’kidlashicha, Mojtaba Xomanaiy audio yoki videobayonotlar bilan chiqa olmaydi, chunki u «zaif yoki kuchsiz ko‘rinishni istamaydi». Reuters shuningdek, oyoq jarohatlari haqida xabar berdi.