Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

“Silk Avia” navbatdagi havo kemasini kutib oldi

A A A
“Silk Avia” navbatdagi havo kemasini kutib oldi

Toshkent shahri xalqaro aeroportining mahalliy havo qatnovi terminaliga “Uzbekistan Airways” tarkibiga kiruvchi “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining beshinchi havo kemasi kelib qo‘ndi.

An’anaga ko‘ra, aeroport va aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ATR 72-600 avialaynerini suv arkasi bilan qarshi oldi.

Keyin bilsak, terminalda Islom ismli bolakay ham samolyotni ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutayotgan ekan. Havo kemasini faqat multfilmda ko‘rgani uchunmi, qahramonimiz juda quvnab ketganini va samolyot yoqqanini aytdi.

U ulg‘aysa uchuvchilik kasbini egallamoqchi. Islomjon hayratga tushgach, hatto shaxsiy aviakompaniya ochib, shunday samolyotlarning yana ko‘pini mamlakatimizga olib kelishni reja qildi.

Fransiyaning “Airbus” konserni Tuluza shahridagi zavodi aerodromidan olib kelingan havo kemasining imkon darajasidagi parvoz og‘irligi 22 800 kg, masofasi 1528 km. Yangi layner allaqachon “Silk Avia” aviakompaniyasi parvoz jadvaliga kiritilgan.

– “Yangi O‘zbekiston” strategiyasida aviakompaniyamiz tomonidan respublikada havo qatnovi qulayligini ta’minlash orqali ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadi belgilangan, – deydi “Uzbekistan Airways” boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov. – Ushbu maqsadga biz ATR rusumidagi turbovintli havo kemalarida mamlakatimiz shaharlari o‘rtasidagi aviasiya aloqasini rivojlantirish orqali erishmoqchimiz.

Bu voqea faqat Islomning kayfiyatiga ta’sir qilmadi, O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida havo qatnovi soni yanada ko‘payadi va ko‘plab bolajonlarimiz kompaniya xizmatidan foydalansa ajab emas.

Endilikda Toshkentdan Termiz shahriga kuniga ikki marta – kunduzi va kechqurun parvoz amalga oshirilmoqda. Tez orada Buxoroga ham reyslar oshishi rejalashtirilgan. Havo kemasi 60-90 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, ekspluatasiya xarajati nuqtai nazaridan, tijorat laynerlari orasida eng samarali mashina hisoblanadi.

“Yangi O‘zbekiston” strategiyasida aviakompaniyamiz tomonidan respublikada havo qatnovi qulayligini ta’minlash orqali ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsad qilingan.

O‘zi qolib, akasini ham suhbatga tortgan kichik qahramonimiz samalyotning tashqi ko‘rinishi, dizayni va varraklarini muhokama qilishga ulgurganiga nima deysiz?

Eslatib o‘tamiz, yurtimizdagi ilk mintaqaviy aviakompaniya – “Silk Avia” 2021 yil 6 iyulda mamlakat ichida kam byudjetli havo qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.

Xullas, “Silk Avia” parki endi 72 tagacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan beshta havo kemasiga ega. Islom qatori boshqa bolajonlar ham shu beshinchi samalyotga chiqishga juda qiziqdi, hatto bortda xizmat qiladigan xotin-qizlarga gul berganlar ham bo‘ldi.

Ko‘zidan bahtiyorlik hissi ko‘rinib turgan uka-singillarimiz orasida Navro‘z bayramida oilaviy sayohat qilishni reja qilib qo‘yganlar ham yo‘q emas.

Ayni payt samalyot Toshkent, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Farg‘ona va Urganch shaharlarini bir-biri bilan bog‘lab kelmoqda.

Kiritildi: 09:51 19.03.2024. O'qildi: 1015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!