Saudiya Arabistoni jamoalari O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Metaratings nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda hujumchi Turkiyadagi faoliyatidan mamnun, ammo moliyaviy tomonlama yaxshiroq taklif bo‘lsa, muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Xabarda yozilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi yangi klubida yiliga 3 million yevro maosh olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa, “Istanbul Bashakshehir” uning transferidan 8,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 22 ta gol evaziga “Trabzonspor” vakili Pol Onuachu bilan birgalikda liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Shomurodov Istanbul klubi safida ijara asosida to‘p surayotgan bo‘lsa-da, uning huquqlari Italiyaning “Roma” jamoasiga tegishli. Shartnomaga asosan, turk klubi joriy yozda Eldorni to‘liq xarid qilishi mumkin.