Ukraina prezidenti Moskva o‘z zarbalarining — ham "jismoniy", ham axborot huruji sifatida ukrainalik raketa ishlab chiquvchilarni nishonga olganini aytdi.
"Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga kelgusi zarbalari — harbiy, siyosiy va targ‘ibotiy yo‘nalishlardagi asosiy nishonlaridan biri sifatida raketa texnologiyalarining barcha turlarini rivojlantirishda yutuqlarga erishayotgan Ukraina kompaniyalari tanlanganidan xabardormiz", — dedi Zelenskiy.
"Rossiya buni o‘zi uchun strategik tahdid sifatida ko‘rsatmoqda — Kiyevning o‘ziga xos ballistik tizimini ishlab chiqish va antiballistik mudofaani mahalliylashtirish qobiliyati. Biz bunga javob qaytaramiz", — deya qo‘shimcha qildi u
Ukraina shaharlariga tunda berilgan hujumdan so‘ng, Rossiya Mudofaa vazirligi, xususan, Dneprdagi zarbalar nishonlaridan biri "Fire Point" kompaniyasi korxonasi bo‘lganini ma’lum qildi.
Ushbu kompaniya rahbariyatining bayonotlariga ko‘ra, ular raketalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kiyev rossiyaliklarning bu bayonotiga izoh bermadi va Dneprda harbiy yoki harbiy-sanoat ob’ektlariga zarar yetgani haqida hech narsa demadi.