Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
"Bir qator biznes-delegasiyalar allaqachon ishlamoqda, atirgullar va sabzavotlarning birinchi partiyasi jo‘natildi, yetib borgach, qaysi davlatlarga yuborilganini aytaman. Hech bir tovar qolib ketmaydi. Bu YEI va boshqa bozorlardir", — dedi Pashinyan.
Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibida qolishni davom ettirayotganiga qaramay, Rossiya ushbu mamlakatdan gullar, sabzavotlar, mevalarning ayrim turlari, “Jermuk” mineral suvi va yana bir qator boshqa mahsulotlarni olib kirishga taqiq joriy etdi. Bundan tashqari, agar Yerevan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish kursida davom etadigan bo‘lsa, Moskva gaz, neft mahsulotlari va olmos yetkazib berish bo‘yicha bitimni to‘xtatib qo‘yish yoki denonsasiya qilish (bekor qilish) bilan tahdid qildi.