Xabar berilishicha, hujum xorijiy tadbirkorlar va delegasiyalar tashrif buyurishi kutilayotgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining ochilish kunida sodir bo‘ldi.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning so‘zlariga ko‘ra, 3 iyunga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Kirov va Krasnoselsk tumanlari, shuningdek, Kronshtadtdagi infratuzilma ob’ektlariga hujum qilgan.
Ukraina dronlari hujumi natijasida Rossiya shimoli-g‘arbidagi eng yirik neftni qayta yuklash majmualaridan biri bo‘lgan “Peterburg neft terminali”da yong‘in chiqqan. Bu eksport uchun neft mahsulotlarini ko‘chirish terminali. Ushbu terminal neft mahsulotlarini eksport qilishda foydalaniladi.
"Hozirda oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bir necha kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar yo‘q", deydi Aleksandr Beglov.