Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston Qozog‘iston guruchini qaytarib yubordi

Qirg‘iziston Qozog‘iston guruchini qaytarib yubordi

Qirg‘iziston Qozog‘istondan kelgan 6 tonna guruchni ortga qaytarib yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi.

Qozog‘istondan kelgan yuk 1 iyun kunki “Ak-Jol” postida fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada yukning fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar transportga aloqador hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmagan.

“Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududida karantin fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3.7-bandiga muvofiq, ushbu yuk jo‘natuvchiga qaytarildi”, deyiladi xabarda.

Qirg‘iziston 28 may kuni O‘zbekistondan olib kelingan 21 tonna tarvuzni ortiga qaytarib yuborgandi. Tarvuzlar 28 may kuni “Do‘stlik” postida fitosanitariya nazorati davomida tekshirilgan. Natijada karantin ostidagi mahsulot qadog‘ida majburiy markirovka yo‘qligi aniqlangan.

Bu esa Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining karantin fitosanitariya talablarini buzish hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!