Avvalroq Putin uni Yevropa bilan muzokarachi sifatida taklif qilgan edi
Bu haqda Germaniyaning Ntv telekanali va Stern jurnali xabar bermoqda. Ularning muxbirlari 82 yoshli Shryoderni seshanba kuni Kreml yaqinidagi hashamatli "Kempinski" mehmonxonasida payqab qolishgan.
Shryoderning tashrif maqsadi hozircha noma’lum. Ehtimol, u ertaga boshlanadigan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga kelgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Shryoderning Rossiya bilan muzokarachi sifatidagi nomzodini rad etgan edi.