Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi

Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi

Xalqaro qilichbozlik federasiyasi (FIE) Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi

FIE ularga joriy yilning iyul oyida Gonkongda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan boshlab, barcha yakkalik va jamoaviy musobaqalarda o‘z bayrog‘i hamda madhiyasi bilan ishtirok etishga ruxsat berdi.

"Ushbu qaror FIE’ning Olimpiya xartiyasining asosiy tamoyillariga, jumladan, kamsitmaslik, teng munosabat va sportning universalligiga, shuningdek, FIE Ustavida mustahkamlangan maqsad va tamoyillarga sodiqligini aks ettiradi", — deyiladi xabarda.

Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati 22-30 iyul kunlari Gonkongda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 16:42. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!