“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Oltinko‘l tumani "Kattaoqtepa" MFYda joylashgan “O.N.O.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 avtobenzini va dizel yonilg‘isidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmaslik (sifatsiz) ekanligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 24,1 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: Sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizasiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizasiya qilingan tovar qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.