Paradda Xitoy, Braziliya, Slovakiya, Serbiya, Misr, Vetnam, Venesuela va Moskva “do‘st” deb atagan boshqa bir qator mamlakatlar yetakchilari qatnashdi.
"Paradda dunyo davlatlari yetakchilarining ishtirok etishi G‘arbning Putinni yakkalab qo‘yishga qaratilgan urinishlari samara bermaganini bildirdi. Shuningdek, Rossiyani “ko‘plab hamkorlar va do‘stlarga ega davlat” sifatida namoyon qildi", — deya izoh berdi Karnegi nomidagi Yevroosiyo markazining Rossiyadagi katta ilmiy xodimi Tatyana Stanovaya.