Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Si Szinpin Trampning taklifini rad etishi mumkin

Si Szinpin Trampning taklifini rad etishi mumkin

Mutaxassislarning fikricha, Xitoy yetakchisi Si Szinpin saylangan prezident Donald Trampning inaugurasiya marosimida qatnashmasligi mumkin, deb xabar beradi ABC News.

«Stimson Center»ning Xitoy dasturi direktori Yun Sunning aytishicha, Xitoy rahbarining AQSh prezidenti inaugurasiyasida ishtirok etishi uchun hech qanday protokol yoki presedent yo‘q.

Shu bilan birga, ekspertning fikricha, yaqin orada Donald Tramp va Si Szinpinning shaxsiy uchrashuvini kutish kerak.

Trampning Oq uyga qaytishi AQSH-Xitoy raqobatini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Pekin kutish va ko‘rish usulini qo‘lladi, ammo agar Vashington Xitoy tovarlariga bojlarni oshirsa yoki boshqa nodo‘stona qadamlar qo‘ysa, javob qaytarishga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida, Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi Si Szinpinning kelgusi oydagi inaugurasiya marosimiga Vashingtonga borishi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi.

Kiritildi: 17:32 13.12.2024. O'qildi: 1708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!