Bugun 3 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning puxta ishlangan maxfiy rejasi oshkor bo‘ldi

Rossiyaning puxta ishlangan maxfiy rejasi oshkor bo‘ldi

The Wall Street Journal'ga ko‘ra, Rossiya Turkiyada AES qurilishini moliyalashtirish niqobi ostida Amerika sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun “dollar zaxirasi” yaratmoqchi bo‘lgan.

Sxema quyidagicha ishlashi rejalashtirilgan: Rossiya va Turkiya o‘sha paytda hali sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan “Gazprombank” orqali Akkuyu AESi qurilishi uchun qariyb to‘qqiz milliard dollar kredit ajratishga kelishib olgan.

Pul Turkiyadagi eng yirik davlat banki Ziraatbank'ning hisob raqamiga tushishi va shu bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan Rossiya kompaniyalariga yuborilishi kerak edi. Rossiya banki ushbu kreditni yashirin ravishda moliyalashtirishi kerak edi.

Rossiya Amerikaning JPMorgan va Citigroup banklari orqali besh milliard dollardan ko‘proq pul o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng AQSh Adliya vazirligi JPMorgan bilan bog‘lanib, keyingi ikki milliard dollarlik transhni bloklash kerakligini bildirgan. Bu mablag‘lar muzlatib qo‘yilgan, ammo musodara qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 02:56. O'qildi: 2013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!