Bu haqda Shveysariyaning Swissinfo nashri xabar berdi.
Swissinfo xabar berishicha, sud Lombard Odier bankini pul yuvishga qarshi kurash talablariga yetarlicha rioya qilmagan deb topgan.
Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha bankning sobiq xodimi ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bank esa bu qarordan norozi ekanini bildirib, uning ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha davrda muassasada "ishonchli ichki nazorat tizimi" mavjud bo‘lgan.
Shveysariya prokuraturasiga ko‘ra, Gulnora Karimova "Ofis" deb atalgan jinoiy tashkilotni tuzgan va boshqargan. Tashkilot O‘zbekiston telekommunikasiya bozorida ishlagan xorijiy kompaniyalardan olingan korrupsion mablag‘larni yashirish va xorijiy bank hisoblariga o‘tkazish uchun ishlatilgan.