Bosniya sport jamiyati Elbrus tog‘ida alpinistlarni qutqarishda yordam bergani va halok bo‘lganlarning jasadlarini evakuasiya qilgani uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirdi.
24 iyul kuni 7 nafar Bosniya va Gersogovina fuqarolari Elbrus cho‘qqisini zabt etish maqsadida chiqadi, lekin 5100 metr balandlikda ular yo‘ldan adashib qoladi.
Bir kishi amallab tog‘dan tushib, yordam so‘raydi. Rossiyalik qutqaruvchilar yetib kelganda 5 kishi qurbon bo‘lgan bir kishi tirik qolgan edi.
Voqeadan so‘ng Bosniya va Gersegovina tashqi ishlar vaziri Elmedin Konakovich voqeadan afsusda ekanligini bildirdi.
Balandligi 5642 metr bo‘lgan Elbrus Rossiyaning Kavkaz mintaqasida, Gruziya chegarasidan shimolda joylashgan va Yevropaning eng baland tog‘i sifatida tan olingan.