Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdi

YPX motosikllari bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Shu yilning 16 iyul kuni Toshkent shahrining Do‘rmon yo‘li va G‘azalkent ko‘chalari kesishmasida Onix avtomobili va YPX inspektorlarining uchta patrul mototsikli ishtirokida sodir bo‘lgan avariya qurbonlari soni oshdi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ma’lum qilishicha, Onix haydovchisi 27 iyul kuni shifoxonada vafot etdi.

O‘sha kuni motosikldagilardan biri to‘qnashuvdan keyin voqea joyida vafot etgandi. Yana to‘rt kishi – ikki motosiklchi, chorrahada navbatchilikda bo‘lgan YPX xodimi hamda motosikllar bilan to‘qnashgan Onix haydovchisi shifoxonaga yotqizilgandi.

Qolgan uch kishining ahvoli yaxshilangan va ular umumiy bo‘limga o‘tkazilgan.

16 iyul kuni soat 18:30 larda 3 nafar yo‘l patrul xizmati inspektorlari patrullik mototsikllarida Do‘rmon yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganida G‘azalkent ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgandi.

Tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani haqida taxminlar bildirililgandi. YHXX esa bu ma’lumotni rad etib, asossiz xabar tarqatmaslikni so‘ragandi.

Kiritildi: Bugun 12:25. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!