Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Muloqotlar tarixidagi eng yaxshi suhbatlardan biri..."

"Muloqotlar tarixidagi eng yaxshi suhbatlardan biri..."

Netanyahu Tramp bilan uchrashuvni ularning muloqotlari tarixidagi eng yaxshi suhbatlardan biri deb atadi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar to‘liq o‘zaro anglashuv va sheriklik ruhida o‘tganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadini yana bir bor tasdiqlagan. Shuningdek, muzokaralarda Isroil xavfsizligi va kelajagi uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha keyingi qadamlar muvofiqlashtirilgan.

Isroilning 12-kanali ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv taxminan 1 soat 20 daqiqa davom etgan va to‘liq Eron masalasiga bag‘ishlangan. Manbalardan biri hozirgi vaziyatni «keskin bosqich» deb baholab, Trampning Eronga nisbatan keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilish arafasida turganini aytgan.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!