Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyadagi zilziladan so‘ng savdo markazida portlash sodir bo‘ldi

Yaponiyadagi zilziladan so‘ng savdo markazida portlash sodir bo‘ldi

NHK ma’lumotlariga ko‘ra, 20 dan 30 gacha ishchi bedarak yo‘qolgan. Bino qisman qulab tushgan, voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i yaqinida bino qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Nippon Paper Industries zavodida mo‘ri qulashi oqibatida yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Ikki shifoxona 100 dan ortiq jabrlanganlar haqida xabar berdi, ularning ba’zilari og‘ir ahvolda.

E’lon qilingan kadrlarda binoning devori qisman qulagani va tomiga zarar yetganini ko‘rish mumkin. Savdo markaziga tashrif buyurganlar evakuasiya qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlanganlar bor.

Kiritildi: Bugun 09:12. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!