Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi

Rossiya Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi

Rossiya Telegram asoschisi Pavel Durovni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.

Durovga “terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qo‘yilgan.

Bu ayblov Ukraina maxsus xizmatlari Telegramʻdagi ommabop “Dayvinchik” chatbotidan go‘yoki yosh rossiyaliklarni “diversion-terrorchilik faoliyatiga jalb etishda” foydalangani bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ilgari surilgan.

Telegram maʻmuriyati rahbari P. Durovga Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismida (terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish) nazarda tutilgan jinoyat belgilari bo‘yicha tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida ayblov e’lon qilindi, u xalqaro qidiruvga berildi, deyiladi FXX xabarida.

Shu ish bo‘yicha 2025 yil iyulidan buyon Rossiyaning 16 ta hududida 46 nafar yosh foydalanuvchi qo‘lga olingan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!