Bu haqda "Kommersant’" nashri xabar berdi.
2027 yildan boshlab mamlakat aloqa operatorlari foydalanayotgan elektr uzatish tarmog‘i (EUT) ustunlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi.
2022 yilda Rossiyadan elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilganidan keyin ustunlarga faqat aloqa operatorlari uchun xizmat ko‘rsatish foydasiz bo‘lib qoldi. Bu EUT orqali Finlyandiya bilan aloqa liniyalarining 30 foizgacha qismi o‘tadi, mamlakatning o‘zi esa Rossiya xorijiy internet-trafigining qariyb 60–70 foizini ta’minlaydi.
Biroq, nashrning ta’kidlashicha, bu rossiyalik abonentlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Hozirda operatorlar muqobil yo‘nalishlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.