Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Koson tumani bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ochilovning fuqaro bilan tortishuv vaqtida qo‘pol va tahdidli so‘zlar ishlatayotgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, holat fuqarodan ko‘chaga to‘kilgan qumni olib tashlash talab qilingan vaqtda sodir bo‘lgan. Bahs davomida amaldor davlat xizmatchisi odobiga zid muomala qilgan.
Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Davlat xizmatchilari fuqarolar bilan muloqotda qonun va muomala madaniyati talablariga qat’iy rioya qilishi shart.