Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shvesiya Polshaga Patriot tizimi va 100 ga yaqin harbiy yuboradi

Shvesiya Polshaga Patriot tizimi va 100 ga yaqin harbiy yuboradi

Shvesiya Polsha sharqidagi harbiy bazani himoya qilish uchun Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi va 100 nafarga yaqin harbiy xizmatchini yuboradi. Bu haqda SVT telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, shved bo‘linmasi Polshaning Jeshuv shahridagi logistika markazini dronlar va raketalardan himoya qiladi. Ayni paytda bu vazifani Niderlandiya harbiylari bajarmoqda.

Shvesiya hukumati qaror qilgan operasiya 1 dekabrdan boshlanishi va yetti oygacha davom etishi mumkin.

Shvesiya havo hujumidan mudofaa polki rahbari Sofiya Vestermarkning aytishicha, mazkur logistika markazi orqali har oy taxminan 18 ming tonna yuk va materiallar o‘tkaziladi.

«Bu ob’ekt Ukraina uchun katta ahamiyatga ega va shu sababli NATO uchun ham muhim hisoblanadi», — dedi u.

Kiritildi: Bugun 05:43. O'qildi: 79 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!