Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Shvesiya maktablarida mobil telefonlarga taqiq joriy etildi

Shvesiya maktablarida mobil telefonlarga taqiq joriy etildi

Shvesiya hukumati kuzgi o‘quv semestridan boshlab boshlang‘ich maktablarda mobil telefonlardan foydalanishga umummilliy taqiq joriy etadi, deb xabar beradi AZERTADJ.

O‘quvchilar o‘quv kuni boshlanganda telefonlarini topshirib, dars tugaganidan keyin qayta oladi.

Taqiq kengaytirilgan guruhlarga va ochiq formatdagi maktabdan tashqari tadbirlarga ham taalluqli bo‘ladi. Ammo o‘quv maqsadlarida yoki alohida holatlarda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Hukumat vakillarining fikricha, barcha maktablar uchun yagona taqiq joriy etish tinch va qulay o‘quv muhitini yaratishga hamda o‘quvchilarning e’tiborini chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish uchun zarur.

Ta’lim vazirligining aytishicha, o‘quv kuni davomida o‘quvchilar darsga to‘liq e’tibor qaratishi lozim, tanaffus paytida esa do‘stlari bilan muloqot qilib, masalan, futbol o‘ynash yoki kitob o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlarni 1 avgustdan kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Hukumatning ma’lumotiga ko‘ra, maktablarning ko‘pchiligi bunday cheklovlarni qisman qo‘llab kelgan, ammo umummilliy qaror bu tajribani qonun yo‘li bilan mustahkamlashni ko‘zlaydi.

Ta’lim vaziri Simona Moxamssonning aytishicha, mobil telefonga taqiq qo‘yish telefondan foydalanish madaniyatini o‘zgartirishga, shuningdek, bolalar va ota-onalarga telefonda o‘tkazadigan vaqtni qisqartirishga yordam berishi mumkin.

Tadqiqotlarga ko‘ra, shved yoshlari o‘quv vaqtidan tashqari davrda telefonda kuniga taxminan yetti soatga yaqin vaqt o‘tkazadi. Bu holat raqamli qurilmalarning o‘quv jarayoni va sog‘liqqa ta’siriga oid hokimiyatning tashvishini kuchaytirmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!