Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shri-Lanka qamoqxonasidagi tartibsizliklarda 19 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi

Shri-Lanka qamoqxonasidagi tartibsizliklarda 19 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi

Shri-Lanka g‘arbidagi Negombo shahrida joylashgan axloq tuzatish muassasasida yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida 19 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Xinhua agentligi mahalliy polisiyaga tayanib xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kamida 50 kishi jarohatlangan va ular shifoxonaga yotqizilgan. Polisiyaning ma’lum qilishicha, rasmiylar og‘ir jarohat olganlarni Kolombodagi Milliy shifoxonaga ko‘chirish choralarini ko‘rmoqda.

Halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida qamoqxona xodimlari hamda xavfsizlik kuchlari vakillari ham bor.

Tartibsizliklar yakshanba kuni soat 13:00 atrofida, ikki guruh mahbuslar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqandan so‘ng boshlangan. Yakshanba oqshomiga kelib vaziyat nazorat ostiga olingan edi. Biroq dushanba kuni ertalab zo‘ravonliklar yana qaytadan avj olgan.

Kiritildi: 13:44 06.07.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!