Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, “Chatham House” qoidasi asosida tashkil etilgan muloqotda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bog‘liq yangi tahdidlar hamda ularga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bunday xalqaro muloqot maydonlari dolzarb global masalalarni ko‘rib chiqish bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish, xalqaro kun tartibidagi so‘nggi voqealarni muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyatdir.
Shu ma’noda, Ostonadagi tadbir doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va Aqaba jarayoni moderatori, NATOning Yevropadagi Birlashgan qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondonining sobiq o‘rinbosari Adrian Bredshou bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi.