Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi.
Tegishli e’lon E-auksion platformasiga joylashtirildi.
Umumiy maydoni 7 382 kv. metrga teng lotning boshlang‘ich narx 101,6 mlrd so‘m.
Xaridor ob’ekt negizida mehmonxona qurishi va sotib olish to‘lovlarining dastlabki qismini bir yo‘la kamida 50% miqdorida to‘lab berishi lozim.