Prezident Urganch aeroporti va Xiva vokzalini bog‘laydigan yangi liniya bilan tanishdi.
Qiymati 225 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 11 kmlik temir yo‘l qurildi. Unda 400 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, soatiga 160 kmgacha harakatlanadigan CR200J elektropoyezdi qatnaydi.
Endi Urganch–Xiva yo‘li 80 daqiqadan 40 daqiqaga qisqardi, yiliga qariyb 650 ming sayyohni tashish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, aeroport va Xiva o‘rtasida 10 ta yangi trolleybus yo‘lga qo‘yildi. Loyiha natijasida 30 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.