Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

UzAuto Motorsʼni Xitoy kompaniyasi sotib olmoqchi

UzAuto Motorsʼni Xitoy kompaniyasi sotib olmoqchi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain’dagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

Bu haqda 17 sentyabr kuni agentlik direktori o‘rinbosari Alisher Miraliyev xalqaro Cbonds konferensiyasida ma’lum qildi.

«Tez orada ikkita davlat kompaniyasi — UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tender e’lon qilamiz», - degan Davaktiv direktori o‘rinbosari.

2026 yil uchun mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturida ham ushbu ikki kompaniyadagi davlat ulushlarini sotishni tezlashtirish belgilangandi. Bunda Alvarez & Marsal konsalting firmasi ushbu jamiyatlarni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi va savdo jarayonlarini tashkil etadi. Yaqin to‘rt oy ichida kompaniyalarning investision, ishlab chiqarish va moliyaviy holati bo‘yicha materiallar tayyorlanishi kerak.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning aprel oyidagi prezident qarorida yil yakunigacha UzAuto Motors (99,7 foiz) va UzAuto Motors Powertrain (100 foiz)ni xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro konsultantlarni jalb etish ko‘zda tutilgandi. 2026 yilning birinchi choragida esa ommaviy savdolar e’lon qilinishi kerak bo‘lgan.

Autostrada.uz’ning tahlil qilishicha, ehtimoliy xaridorlardan biri sifatida Xitoyning SAIC-GM-Wuling qo‘shma korxonasi keltirilyapti. Bu O‘zbekistondagi Chevrolet modellari qatori uzoq vaqtdan beri Xitoy va Lotin Amerikasidagi modellar qatori bilan chambarchas bog‘liqligi bilan izohlangan.

Kiritildi: Bugun 15:43. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!