Shanba oqshomida AQSh Prezidenti Donald Tramp hech qanday tushuntirishsiz Kemp-Devid qarorgohini rejalashtirilgan muddatdan 1 kun oldin tark etgan. Bunga Eron bilan yuzaga kelgan vaziyat sabab bo‘lgani ehtimoliy omil sifatida ko‘rsatilmoqda.
Mazkur voqeadan oldin Tehron Qatar vositachiligida 7 ta shartni yetkazib, agar ular rad etilsa, urush boshlanishi bilan tahdid qilgan. Shuningdek, xuddi shu kuni AQShning Yaqin Sharqdagi elchixonalari xavfsizlik yuzasidan ogohlantirishlar e’lon qilgan.
Unda amerikaliklar ehtimoliy “kutilmagan eskalasiya“ haqida ogohlantirilib, hushyorlikni oshirish va havo hududi yopilishiga tayyor turishga chaqirildi.