Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Atlantika okeani ustida uchib ketayotgan samolyotda pauerbank portlab ketdi

Atlantika okeani ustida uchib ketayotgan samolyotda pauerbank portlab ketdi

Amsterdamdan Kyurasao oroliga uchayotgan Boeing 777 samolyotining biznes-klassi salonida, qo‘l yuki javonida turgan pauerbank kutilmaganda yonib ketgan.

Qurilma KLM aviakompaniyasining sobiq rahbari va Niderlandiyaning sobiq vaziri Kamil Eyrlingsga tegishli bo‘lgan.

Ekipaj a’zolari yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq havo kemasi shikastlangani sababli ortga qayrilib, Niderlandiyaga qo‘ngan.

Hodisa KL735 reysida sodir bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda pauerbank zaryadlangan, Airlingsning o‘zi esa yengil jarohat olgan. KLM yo‘lovchi ma’lumotlarining maxfiyligini bahona qilib, qurilma egasining shaxsini tasdiqlamadi.

Kiritildi: 21:59 20.09.2026. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!