Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“NATOning aksariyat davlatlari Rossiya hujumini qaytara olmaydi”

“NATOning aksariyat davlatlari Rossiya hujumini qaytara olmaydi”

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tashqariga tarqalsa, NATOning aksariyat davlatlari Rossiya raketalari hujumini qaytara olmaydi. Bu haqda Latviya prezidenti Edgars Rinkevichs ma’lum qildi.

Prezident dronlardan foydalanish sohasidagi texnologiyalar “yashin tezligida” rivojlanayotganini aytdi. Shu sababli Yevropaning havo urushiga tayyorgarlik bo‘yicha hozirgi choralari 2027 yilning o‘rtalariga borib eskirib qolishi mumkinligini bildirdi.

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlardan himoyalanish vositalari, raketaga qarshi mudofaa jiddiy muammolarga duch kelayotganini ko‘rib turibmiz. Keling, ochiqchasiga aytamiz: Ukraina ham, butun Yevropa va NATO ham shunga duch kelmoqda, Agar Rossiya ushbu hududga bir nechta raketa uchirishga qaror qilsa, o‘ylaymanki, bu ko‘plab davlatlar uchun bugun jiddiy sinov bo‘ladi”, dedi Rinkevichs.

Latviya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qishdan Ukrainadagi frontda oldinga siljish uchun foydalanib, G‘arb davlatlarining Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga putur yetkazish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

“Gap qo‘poruvchilik, kiberhujumlar, dronlar va raketalar bilan bog‘liq hodisalar haqida ketmoqda, ular yordamida Moskva Yevropaning qat’iyatini sinab ko‘rmoqda. Men oddiy harbiy bosqinni istisno qilgan bo‘lardim, lekin boshqa variantlar haqida gap ketganda juda hushyor bo‘lishimiz kerak”, dedi u.

Kiritildi: 23:55 20.09.2026. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!