Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Ular Xulianni dunyodagi istalgan klubga sotishga tayyor edi, ammo «Barselona»ga emas"

"Ular Xulianni dunyodagi istalgan klubga sotishga tayyor edi, ammo «Barselona»ga emas"

Laporta Xulian Alvares transferi haqida:

«Atletiko» o‘zining asl pozisiyasini ko‘rsatdi. Ular o‘zlarini jabrlangan tomon sifatida tutishdi, ammo bunday munosabatlarini oqlaydigan hech qanday asoslari yo‘q edi. Biz odatdagidek harakat qildik: klublar o‘rtasida muzokaralar bo‘lgan, keyin esa men shaxsan Xil Marin bilan gaplashdim.

U menga o‘rinbosar yo‘qligi sababli Xulian bizga o‘tmasligini aytdi. Keyin esa «Atletiko» tomonidan noo‘rin munosabat bildirildi. Buning sababini bilmayman. Nima uchun bunday bo‘lganini taxmin qilishim mumkin, ammo bunga dalilim yo‘q.

Biz «Barselona»dan tashqari dunyoning istalgan klubiga Xulianni sotishga tayyor ekanliklari haqida xabarlar eshitayotgandik. Aslida ham shunday bo‘lib chiqdi — ular Xulianni dunyodagi istalgan klubga sotishga tayyor edi, ammo «Barselona»ga emas.

Bu endi o‘tmishda qoldi. Hozir esa tarkibimizdan juda xursandmiz».

Kiritildi: Bugun 00:20. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!