Umrini yosh tomoshabinlar uchun bag‘ishlagan ustoz san’atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek san’atining taniqli vakillaridan biri, aktrisa Yodgora Ziyamuxamedova 74 yoshda olamdan o‘tdi.
U 1952 yil 23 aprelda tug‘ilgan.
Taniqli o‘zbek teatri va kinosi aktrisasi, dublyaj ustasi Yodgora Ziyamuxamedova ayniqsa milliy televideniyedagi «Oqshom ertaklari» ko‘rsatuvi orqali bir necha avlod bolalarining sevimli boshlovchisi (Oymomosi) sifatida tanilgan.
Marhumaning yaqinlari va muxlislariga ta’ziya bildiramiz.