Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Qadimiy Buxoro azaldan o‘zining benazir tarixiy, me’moriy va madaniy merosi bilan mashhur bo‘lib, asrlar davomida fan, islom ilmi va ma’naviyat markazlaridan biri sifatida tanilgan. Yoshi 2,5 ming yildan oshgan shaharning tarixiy markazi 1993 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Oliy martabali mehmonlar dastlab Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Mazkur majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanib, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan. Bugungi kunda ushbu ziyoratgoh tarkibiga maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyi kiradi.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Ziyorat davomida Bahouddin Naqshband ta’limotining asosiy g‘oyalaridan biri — “Dil ba yor-u, dast ba kor” shiori insonni mehnatsevarlik, poklik va ma’naviy kamolotga chorlashi alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari Somoniylar maqbarasini ziyorat qildi. Ushbu noyob me’moriy yodgorlik Markaziy Osiyoda pishiq g‘ishtdan qurilgan eng qadimiy inshootlardan biri bo‘lib, IX asr oxiri — X asr boshlarida Somoniylar davlati asoschisi Ismoil Somoniy tomonidan barpo etilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Maqbara me’morchiligida islom va islomdan avvalgi davr an’analari uyg‘unlashgan bo‘lib, xususan, sug‘d madaniyatiga xos bezaklar ham o‘z aksini topgan. Quyosh nurlarining tushishiga qarab binodagi naqshlar turlicha jilolanishi, uning kub va gumbaz shaklidagi kompozisiyasi esa Yer va Osmon uyg‘unligini ramziy ifoda etadi.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Qalinligi qariyb ikki metrga yetadigan devorlar va yuqori sifatli g‘isht terimi tufayli ushbu tarixiy obida bugungi kungacha yaxshi saqlanib qolgan.

Ziyoratlar chog‘ida Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlar ruhiga bag‘ishlab duo qilindi, yurtga tinchlik va farovonlik tilab ezgu tilaklar bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi

Kiritildi: Bugun 15:38. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!