Prezident 21 oktyabr sanasi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida o‘zbek tilining raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan ekanini ta’kidlagan.
Davlat rahbari o‘zbek tilidagi zamonaviy ilmiy manbalar va elektron lug‘atlarni ko‘paytirish, nutqni matnga o‘giruvchi sifatli SI dasturlarini yaratish hamda davlat idoralari hujjatlarini aholiga tushunarli va ravon tilda yozish zarurligini alohida qayd etgan.